Yanvar oyida 85 mlrd. so‘mlik tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, 2023 yilning yanvar oyi davomida Ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 614 ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan 85 mln. kub metr (85 mlrd. so‘m) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Noqonuniy foydalanish holatlari iste’molchilar toifasi bo‘yicha — AGTKShlarda 20 holatda (76,8 mlrd. so‘m), issiqxonalarda 30 (1,2 mlrd. so‘m), ishlab chiqarish korxonalarida 39 (1,9 mlrd so‘m), umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 164 (0,7 mlrd so‘m) holatda qayd etildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborilgan.