Yaponlarga xos 10 xislat

1. Yaponiyada boshlang‘ich sinflarga toki oltinchi sinfgacha "Axloq tomon yo‘l" dasturi ostida dars o‘tishar ekan. Bunda o‘quvchilar faqat axloq va kishilar bilan muomalani o‘rganishar ekan.

2. Birinchi sinfdan uchinchi sinfgacha imtihon bo‘lmas ekan. Chunki bu vaqtda maqsad tarbiya qilish, tushunchalarni anglash va shaxsiyatni shakllantirish bo‘lar ekan.

3. Yaponlar boy bo‘lishiga qaramasdan ularda xizmatkorlar yo‘q ekan.

4. Yapon o‘quvchilari ustozlari bilan birga har kuni 25 daqiqa maktabni tozalash bilan shug‘ullanishar ekan. Bu ularni tozalikka e’tiborlilik va kamtarin bo‘lib o‘sishlariga yordam berar ekan.

5. Yapon o‘quvchilari maktabga o‘zlari bilan zararsizlantirilgan tish cho‘tkasini olib borishar ekan. Ovqatdan so‘ng tishlarini yuvishar ekan. Ular yoshlikdan salomatliklariga e’tiborli bo‘lishga ko‘niktirilar ekan.

6. Maktab mudirlari o‘quvchilardan yarim soat oldin ovqatlanishar ekan. Bu bilan ovqat bolalarga zarar beradimi-yo‘qmi, shuni aniqlab berishar ekan. Ular o‘quvchilarni Yaponiya kelajagi deb bilishar, ularni himoya qilish lozim deb e’tiqod qilishar ekan.

7. Yaponiyada farroshlarni "salomatlik muhandislari" deyishar ekan. Ular 5000 dan 8000 dollargacha maosh olishar ekan. Ularni ishga olishdan oldin yozma va og‘zaki imtihondan o‘tkazishar ekan.

8. Yaponlar uchun vaqt juda qimmatli ekan. Soniya va daqiqalarga o‘ta diqqatli ekan ular.

9. Yaponiyada poyezdning kechikish o‘lchami bir yilga hisoblaganda 7 soniya ekan.

10. Agar yapon oshxonalariga borsangiz ularni o‘ziga yetarli ovqat olayotganini ko‘rasiz. Ulardan ovqat ortib qolmas ekan.