Yaxshilik hech qachon javobsiz qolmaydi...

Texas restoranlaridan birida qiziq voqea ro‘y bergan.

Bir kuni bir ust-boshi kir qariya restoranga kirgan va qaltirab, qaqshab stolga zo‘rg‘a bir amallab o‘tirib olgan. Undan jirkangan xo‘randalar turib ketishgan, ofitsiantlarning esa hech biri uning yoniga borib xizmat qilishni istamagan. Shunda Mariya ismli bir ofitsiant qiz uning yoniga borganu, undan buyurtma qabul qilib xizmat ko‘rsatishni boshlagan. Menejer esa Mariyaga agar bu daydi pulini to‘lamasa unga o‘z hisobidan to‘latishini aytib po‘pisa ham qilgan. Ammo Mariya bunga rozi bo‘lib daydiga xizmat qilgan. Hisob-kitob vaqti kelganida esa hamma hayron qolgan: daydi pulni to‘lagan va qo‘shimchasiga 100 dollar choy uchun ham qoldirgan. Tarelkaning tagiga esa bir xat qoldirib ketgan. Unda shunday so‘zlar yozilgan edi:

«Sen doimo yaxshilik qilar ekansan, bu ishing hali seni umring davomida ko‘p mushkullaringni oson qiladi».

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha bu "daydi" restoranning egasi bo‘lib o‘z xodimlarini sinash maqsadida shu qiyofada kelgan ekan. Mariya esa restoranning bosh menejeri bo‘lib ko‘tarildi va shundan keyin uning hayotida yuksalishlar davri boshlandi.

Chunki bu dunyoda yaxshilik hech qachon javobsiz qolmaydi!