Yil boshidan beri 18704 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2023 yilning olti oyida 18704 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderi berilgan.
Himoya orderi berish natijasida 7965 ta oilani yarashtirishga, 9720 ta oilada nizoni bartaraf etishga erishilgan.
Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotli bo‘lmagan 12 563 nafar xotin-qizlardan arizalar qabul qilindi, belgilangan mezonlar asosida 11 992 nafariga tavsiyanoma berildi.