Yil boshidan is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi tufayli 125 kishi vafot etgan, 115 kishi jabrlangan
Joriy yilda (15 dekabrga qadar) is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq 213 holat qayd etilgan.
Ularning 66 tasi favqulodda vaziyat sifatida ro‘yxatga olinib, hodisalar oqibatda 125 kishi vafot etgan va 115 kishi jabrlangan.
Is gazidan zaharlanish asosan ushbu sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda:
➖ gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;
➖nostandart (qo‘lbola yasalgan) isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;
➖isitish pechlari dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish;
➖havo almashmaydigan xonalarda ochiq olovdan foydalanish;
➖shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to‘sib) qo‘yish.
Eslatib o‘tamiz, shu yil 22 oktyabr kuni Narpay tumanida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Ushbu voqeadan bir hafta o‘tib, Urgut tumanining Chumchuqli mahallasida ayanchli hodisa yuz berib, ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi is gazidan vafot etgandi.