Yirik miqdordagi pirotexnika vositalari yo‘q qilindi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi hukmiga muvofiq, kuni kecha shahar markaziy chiqindi to‘kish poligonida viloyat hududiga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan musodara qilingan qiymati 30 million so‘mdan ziyod 250 000 dona turli xildagi pirotexnika vositalari maxsus komissiya ishtirokida yo‘q qilindi.
2022 yil davomida viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazilib, natijada qiymati 80 million 313 ming so‘mlik, jami 176 414 dona pirotexnika vositasini daliliy ashyo sifatida ushlab qolingan.
Eslatib o‘tamiz, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, mamlakatimizga olib kirish, tashish, saqlash va sotish taqiqlangan. Bunday harakatlar uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185-1-moddasi hamda Jinoyat kodeksining 250-1-moddasida tegishli javobgarlik va jazo choralari belgilangan.