Yolg‘iz pensionerlar, I va II guruh nogironlari yer solig‘idan imtiyozga egami?
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 436-moddasiga asosan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yer solig‘idan ozod qilinadi.
I va II guruh nogironlariga ushbu soliq imtiyozi pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
Yolg‘iz pensionerlarga esa mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ma’lumotnomasi asosida taqdim etiladi.
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.