Yo‘lovchi qiz mashina “lyuk”idan chiqib raqs tushgani uchun haydovchi jarimaga tortildi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi yo‘l harakati qoidalariga rioya etmagan yo‘lovchi qiz sabab jarimaga tortildi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Haydovchining so‘zlariga qaragandan, avtomashina harakatda bo‘lib turgan paytda, yo‘lovchi qiz birdaniga lyukdan chiqib olgan.

"Avariyaviy holatni keltirib chiqarganim uchun hammadan uzr so‘rayman va bu holat boshqa qaytarilmaydi, deb so‘z beraman», degan haydovchi.