Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazildi

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchi va xizmatchilari o‘rtasida yong‘in-qutqaruv amaliy sporti bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazildi.

Unda boshqarma quyi tizimidan 24 ta jamoada 250 nafardan ortiq harbiy xizmatchi va xizmatchilar ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni Samarqand tumani FVB jamoasi, 2-o‘rinni Iqtoslashtirilgan Yong‘in-qutqaruv otryadi jamoasi va 1-o‘rinni 1-Yong‘in-qutqaruv qismi jamoasi egalladi.

Tadbirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoalar hamda shaxsiy birinchilikda o‘z mahoratlarini namoyish etgan qatnashchilar taqdirlandi.