Yong‘in sabab uy egasi kuyish jarohatini oldi
- 18.09.2019 13:07
- 104
- Jamiyat
Shu yilning 17 sentyabridan 18 sentyabriga qadar Toshkent shahrida yong‘in bilan bog‘liq 4 ta holati qayd etilgan. Unda 1 nafar fuqaro tan jarohati olgan, insonlarning halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
Jumladan bugun, 18 sentyabr kuni soat 00:15da Yunusobod tumani, 15-daha, 48-uyning 11-xonadonida yong‘in ruy bergan. Bunga xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaroning mast holda sigareta chekishidagi ehtiyotsizlik sabab bo‘lgan.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, fuqaro kuyish tan jarohatini olgan. Yong‘in oqibatida uy jihozlari hamda 10 kvadrat metr maydon yongan.
Shuningdek, yong‘indan xonadonning 20 kvadrat metr maydoni saqlanib qolingan.
Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 00:22da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 00:35da bartaraf etilgan. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.