Yong‘in xavfsizligiga raxna soluvchi buyumlar savdosiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan pirotexnika buyumlarining noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning samarasida qonun hujjatlarida taqiqlangan faoliyat orqali mo‘may daromad ko‘rish istagidagi fuqarolar qilmishi fosh bo‘lmoqda.

Joriy yilning 16 dekabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirida inson salomatligi va yong‘in xavfsizligiga raxna soluvchi buyumlar savdosini o‘ziga kasb qilib olgan fuqaro A.K.ning noqonuniy xatti-harakatiga chek qo‘yildi. Natijada fuqarodan jami qiymati 2 million 525 ming so‘mlik 4 turdagi mushaklar va 3 quti “Treniya” paqildoqlari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Umid ALIMOV,

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xodimi.