“Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan “Dolzarb 30 kun”ligi boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 iyuldagi farmoyishiga muvofiq, 10 iyuldan 10 avgustga qadar respublika hududida “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlari tashkil etish belgilangan.

Tadbir doirasida yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish mavsumida oromgohlar, sanatoriylar hamda boshqa dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktika tadbirlari amalga oshiriladi.

O‘ta muhim, toifalangan va iqtisodiyot ob’yektlari, yonish-portlash xavfi yuqori hamda favqulodda vaziyat yuz berish darajasi yuqori bo‘lgan boshqa ob’yektlar, shuningdek, odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ta’minlanadi.
2023/2024 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan ob’yektlarning yong‘inga qarshi holatini talab darajasiga keltiriladi.
O‘rmon fondi ob’yektlarini yong‘indan qo‘riqlash va uy-joy fondi ob’yektlarining yong‘in xavfsizligi ta’minlanadi. “Dolzarb 30 kun” tadbirlarida hokimiyat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik keng jalb etilishi belgilangan.
Shu asosda bugun viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Jomboy tumanidagi “Zarafshon’’ milliy tabiat bog‘ida shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqida FVB, IIB, Milliy gvardiya, milliy tabiat bog‘i ishchi-xodimlari va ko‘ngilli fuqarolar ishtirok etib, shartli yong‘inni bartaraf etish choralari ko‘rildi.