Yoqilgan xazon – sog‘liqqa ziyon

Xazonni yoqish nafaqat toza havo musaffoligiga zarar yetkazadi, balki qonun tomonidan belgilangan ma’muriy javobgarlikka ham sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 88-moddasi 3-qismiga ko‘ra, dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishiga olib kelgan fuqarolarga nisbatan eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

Joriy yilning shu davrigacha viloyatimiz hududida xazon yoqish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan 11 nafar fuqaroga nisbatan 5 720 100 so‘m miqdorida ma’muriy jarima solinib, undirib olindi.

Shunday ekan, tevarak-atrofimizda sochilib yotgan yaproqlarni yoqmaylik. Zero, yoqilgan xazonsog‘liqqa ziyon.

Sherg‘ozi ERNIYoZOV,

viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassisi.