Yordamga muhtoj fuqarolarga 35 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi
- 13.05.2019 11:46
- 194
- Samarqand
Samarqand viloyati Jomboy tumani bosh imom-xatibi N.Xidirov boshchiligida tumanning imomlari muborak Ramazon oyi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilmoqda.
Shuningdek, saxovatli insonlarni jalb qilgan holda tumandagi kam ta’minlangan oilalar, qarovsiz qolganlar, boquvchisini yo‘qotganlar hamda bemor va qariyalar holidan xabar olib, ularga pul va sovg‘alar tarqatilyapti.
Darvoqe, muborak oy boshlangandan buyon tuman imom-xatiblari tashabbusi bilan yordamga muhtoj fuqarolarga 35 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi.
Teglar:
moddiy yordam
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa