Yosh eshkakchilarimiz ilk bor dunyo birinchiligi musobaqasida g‘olib bo‘ldi
Chexiya davlatining Rachitsa shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda hamyurtimiz - Yegeniy Agafonov va samarqandlik suv sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi sportchisi Shahzod Nurmatov ilk bor dunyo birinchiligi musobaqasida g‘olib bo‘ldi.
Jahon chempionatining BLM2 yo‘nalishida 2000 metr masofaga kechgan saralashda sportchilarimiz birinchi natijani qayd etib, finalda marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bugun Samarqand shahridagi suv sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston tarixida birinchi marta jahon chempionatida faxrli uchinchi o‘rinni egallagan Shahzod Nurmatovning murabbiyi Sohib Saidov hamda uning ota-onasi viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan taqdirlandi.
Tadbirda ishtirok etgan boshqarma boshlig‘i O‘tkir Nurullayev Sh.Nurmatovni yuqori sovrinli o‘rin bilan tabriklab, uning bu g‘alabasi samarqandliklarni, qolaversa, yosh eshkakchilarni yanada ruhlantirishini bildirdi.
Ahror Shamsiyev.