Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yosh gvardiyachilar bellashdi

Samarqand shahridagi 1-mehribonlik uyida Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan mehribonlik uylari va bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Yosh gvardiyachi" harbiy sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Sirdaryo viloyatining "Sug‘diyona", Jizzax viloyatining "Amir Temur izdoshlari", Qashqadaryoning "Temuriylar", Samarqand shahridagi 1-mehribonlik uyining "Vatanparvarlar" hamda O‘zbekiston SOS bolalar mahallalari viloyat filiali tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan "Qalqon SOS" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Musobaqaning bilimdonlar bellashuvi, o‘q-dorilarni belgilangan joyga yetkazish va o‘qdonga joylash, kalashnikov avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, 4x100 yugurish estafetasi va turnikda tortilish kabi barcha shartlarni Samarqandning "Vatanparvarlar" jamoasi belgilangan vaqtda to‘g‘ri bajarib, birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Qashqadaryolik "Temuriylar" jamoasi ikkinchi va Samarqand shahrining "Qalqon SOS" jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

T.BO‘RIYeV.