Yoshlar "Jasorat maktabi"da toblanmoqda
Hududlarda profilaktik hisobda turgan hamda tarbiyasi og‘ir uyushmagan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish maqsadida “Jasorat maktabi” yig‘inining ikkinchi mavsumi boshlandi.
Viloyat harbiy ma’muriy sektori, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan yig‘in doirasida treninglar, psixologik mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, saf va jangovar tayyorgarliklar tashkil etiladi.
Yig‘inning ilk kunida 100 nafar yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, guruhlarga ajratildi va yotoqxonalarga joylashtirildi.
Harbiy vatanparvarlik yig‘ini 18 iyunga qadar davom etadi.
Fazliddin Ro‘ziboyev.