Yoshlar nega jinoyatga qo‘l uryapti?

Viloyat hokimligida yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda viloyat sektor rahbarlari va qator tashkilotlar mutasaddi xodimlari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshqargan yig‘ilishda Paxtachi tumanining Toma, Yobu hamda Past Darg‘om tumanining Turkman mahallalari misolida kun tartibidagi masala atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ushbu mahallalarda yashovchi yoshlar tomonidan tan jarohati yetkazish, bezorilik, shuningdek, aldov va firibgarlik jinoyatlari sodir etilishi, ushbu jinoyatlarga sabab bo‘lgan omillar birma-bir muhokama etildi.

Ushbu holatlarda jinoyatni oldini olishga mas’ul bo‘lganlarning hisoboti tinglandi.

Qonun barchaga barobar ekanligi, jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatga jazo muqarrarligi, yoshlar jinoyatchiligini oldini olishda hech kim chetda turmasligi zarurligi ta’kidlandi.

Yakunda E.Turdimov mas’ullarga salbiy holatlarni oldini olish, takroran jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholi va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.