Yoshlar, saylovga tayyormisiz?

O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi hamda Camarqand davlat chet tillar instituti hamkorligida saylovlarda ilk bor ovoz beradigan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

“Yangi O‘zbekiston - uchinchi Renessans sari!” shiori ostida uyushtirilgan tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning alohida o‘rni borligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda huquqshunos Yuldosh Ergashev talaba yoshlarga Saylov kodeksi va ovoz berish tartibi haqida ma’ruza o‘qidi. O‘zLiDeP viloyat kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Sohib Abdurahmonov partiyaning maqsad va vazifalari, yaqinlashib kelayotgan saylov jarayonida partiya a’zolarining burch va majburiyatlari, partiyaga a’zo bo‘lish tartibi bo‘yicha tushunchalar berdi.

Tadbirda faollik ko‘rsatgan talaba-yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zLiDeP viloyat kengashi axborot xizmati.