Yoshlar tarbiyasiga biz ham mas’ulmiz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakat taraqqiyotining eng muhim, ustuvor vazifalari belgilab beriladigan yillik Murojaatnoma e’lon qilindi.

Murojaatnomada xalqimiz istiqboli hamda mamlakat ravnaqi uchun har bir rahbar, har bir fuqaro qanday ish tutishi va yuritishi bilan bog‘liq vazifalar aniq va keskin ravishda belgilab berildi. Masalaga ongli ravishda yondashish, korrupsiya balosiga qarshi keskin kurashish, ilm-fanni, barcha sohaviy yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasa, mamlakat taraqqiyoti haqida so‘zlash behuda.

Har sohaga oid masalalarga to‘xtalib, aniq taklif va tavsiyalar bildirgan Prezident millatlararo do‘stlik, diniy konfetsiyalar o‘rtasidagi hamjihatlik, ijtimoiy bag‘rikenglik muhitini yana mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etilishini hamda butun dunyoda rivojalanib borayotgan radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik kabi xatarlar bizni ham chetlab o‘tmayotganini afsus bilan yodga olib, barchani ogoh bo‘lishga yana bir bor chaqirdi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, butun musulmon ummatiga saboq bergan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy kabi buyuk ulamolar yetishib chiqqan bizning diyorimizda adashganlar, radikalizm va ekstremizm g‘oyalariga berilganlar bo‘lishi mumkinmi degan savolga mahalla raisidan boshlab, vazir va butun jamoatchligimiz yo‘q deb javob bergan holda, bu bilan kifoyalanib qolmasligimiz, bunga birgalikda kurashishimiz darkor.

Murojaatda har qanday radikallashuvga, yoshlarni ongini yot g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga hech qachon yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlandi. Bu bilan ushbu yo‘nalishda qonun ustuvorligi ta’minlanishi ma’lum qilindi.

Biz, Samarqand viloyati diniy soha vakillari, ulamolar yoshlarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklari uchun Islom dinining asl mohiyatini ularga to‘g‘ri yetkazish, bu borada buyuk alloma bobolarimizning ilmiy meroslaridan unumli foydalanish borasida ko‘plab ishlarni amalga oshirishimiz zarurligini angladik.

Zayniddin Eshonqulov,

O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom xatibi.