Yoshlarning eng yaxshi innovatsion g‘oyalari
O‘quvchi-yoshlar "Foyalar varag‘i", "Raqobatchilar sharhi", "Pul muhimdir", "Foyaning taqdimoti" va "Ommaviy fikr" shartlari bo‘yicha kuch sinashib, o‘zlari yaratgan g‘oyalarning ahamiyati haqida gapirib berishdi.
Samarqand yengil sanoat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji jamoasi "Havodan suv olish" g‘oyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Kattaqo‘rg‘on agrotadbirkorlik va servis kasb-hunar kolleji o‘quvchilari "Muntazam tok ishlab chiqarish" g‘oyasi va Urgut agroservis kasb-hunar kolleji jamoasi "Intensiv ko‘chat yaratish" g‘oyasi bo‘yicha keyingi o‘rinlarni egalladi.
Dadaxon XUShMURODOV.