Yurtimizda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 22 ming nafardan oshdi

2020 yil 9 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30 609 (+145) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 120 nafari Toshkent shahrida, 18 nafari Toshkent viloyatida hamda 7 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli Q.R. (ayol) hamda Yashnobod tumanida yashagan 60 yoshli U.B. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 436 nafar, Toshkent viloyatida 214 nafar, Qashqadaryo viloyatida 31 nafar, Andijon viloyatida 15 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 15 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar hamda Navoiy viloyatida 3 nafar, jami 726 nafar bemor tuzaldi.

❗️Shunday qilib, yurtimizda 22 042 (+726) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 8 373 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.