Yurtimizga keyingi hafta sovuq va nam havo oqimlari kirib keladi

Shu yilning 3 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy, 4-6-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi.

Viloyatimiz hududda ham 3 noyabrdan sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. 4-6 noyabr kunlari esa viloyat bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Jumladan, 3-5-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

4-6 noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘ladi.