«Zarafshon» gazetasining bugungi (2020 yil 29 aprel №48) sonida o‘qing

* “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati. Bugungi kunda samarqandlik tadbirkor va fermerlar bu ezgu ishga nechog‘li bosh qo‘shdi? Ular ehtiyojmand oilalarga qanday moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatmoqda?

* Koronavirusga chalingan samarqandlik 11 bemor darddan forig‘ bo‘ldi. Ularning tuzalib ketishi uchun astoydil harakat qilgan shifokorlardan biri onasining janozasiga borolmadi…

* 2020 yilda xodimga to‘lanadigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydigan moddiy yordam summasi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 4,22 baravaridan 7,5 baravarigacha oshiriladi. Fuqarolarga ortiqcha to‘langan pensiya va nafaqalarning 2020 yil 20 aprel holatiga qarzdorlik summasi hisobdan chiqariladi.

* 9-Vatanparvar saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati Ilhomjon To‘xtasinov saylov okrugida qanday loyihalarni amalga oshirmoqchi? Ular ijrosiga kirishganmi? Deputat sifatida bevosita mahalla yoki mehnat jamoasida qanday tadbirlar o‘tkazgan? Qaysi idoralarga, qanday muammolar yechimi bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborgan? Ko‘tarilgan muammo hal etilganmi?

* Payariqlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mamadali Siddiqovni ko‘rgan, hamsuhbat bo‘lgan kishi u kishining qariyb yuz yoshga kirganiga ishonmaydi. Gap-so‘zlari aniq-tiniq, harakatlari chaqqon. Otaxon bu g‘ayrat-shijoati sirini aytdi. Bu nima ekan?

* Butun dunyoda u yoki bu sohalar faoliyati to‘xtagan, ishsizlik, mablag‘siz qolgan oilalar ko‘paygan karantin kunlarida Amerikadagi o‘zbekistonliklar turmushi qanday kechmoqda? Ularga e’tibor qaratilyaptimi? Ko‘pchilikni qiziqtiradigan bu mavzu haqida «Zarafshon» gazetasining AQShdagi sobiq muxbiri gapirib berdi.

* Saxiy, muhtojlarga beg‘araz ko‘mak ko‘rsatuvchi kishi dinimizda madh etilgan, unga dunyo va oxiratda ulkan mukofotlar berilishi bayon qilingan. Xo‘sh, biz bu haqda nimalarni bilamiz?

* Odatda haydovchilarni dehqonchilikka unchalik hushi bo‘lmaydi, aniqrog‘i, eplolmaydi, deyishadi. Oqdaryoning Kumushkent qishlog‘ida yashovchi, 35 yildan buyon yuk mashinasi rolini boshqarib kelayotgan haydovchi Tolib Tirkashev bu gap safsatadan boshqa narsa emasligini isbotladi: issiqxona yaratib, tonna-tonna limon yetishtirdi. U bunga qanday erishdi?

* Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, qo‘shrabotlik jasur o‘g‘lon Ochil Qodirov janggohlardagi qaysi xizmatlari uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni bo‘lgan edi?