«Zarafshon» milliy tabiat bog‘idagi 11 ta noqonuniy qurilma buzdirildi
- 10.10.2023 15:59
- 114
- Dolzarb
Jomboy tumanidagi «Zarafshon» milliy bog‘i hududidan 2021-2022 yillarda 39,8 gektar yer maydoni 57 nafar jismoniy va yuridik shaxsga ijara bitimi hamda shartnomaga asosan dam olish maskani qurish uchun ajratib berilgani aniqlandi.
Hozirda bog‘da Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan fuqarolik va iqtisodiy sud qarorlariga muvofiq, 11 nafar fuqaro va yuridik shaxs tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni buzish ishlari olib borilmoqda.
Buzish ishlari davomida milliy bog‘ hududida og‘ir rekonstruksiyali binolar, devor va to‘siqlar bosqichma-bosqich maxsus texnikalar yordamida bajarilmoqda.
"Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atib, qo‘shimcha tarzda o‘rganishlar olib boryapti", - deb yozadi Samarqand viloyati ekologiya boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bank tizimi korrupsiyadan xolimi?
- 3 soat avval
- Samarqand
Ozarbayjon NNTlari - Samarqandda
- Bugun, 14:09
- Samarqand