«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 10 dekabr, №155) sonida o‘qing
...Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar ona yurt, mangu bo‘l obod!
Davlatimiz madhiyasi yangraganda xalqimizning o‘chmas iymoni, tinchlik posboni bo‘lish sharafini zimmasiga olgan istiqlol mash’ali – Ona yurtimiz jamoli butun ulug‘vorligi bilan qalbimizni cho‘lg‘aydi.
Baland yangrayver, ozod-hur O‘zbekistonning ulug‘ taronasi!
***
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlariga saylov bo‘yicha siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davom etmoqda.
Xo‘sh, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan deputatlikka nomzodlarning, umuman, partiyaning saylovoldi dasturi qanday? Gazetamizning ushbu sonida mazkur partiyaning g‘oya va maqsadlari, deputatlarning dasturlari haqida o‘qiysiz.
***
Probatsiya xizmati – nima u? Samarqand shahrida axloq tuzatish, majburiy jamoat ishlari, ozodlikni cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish jazolari tayinlangan va shartli hukm qilingan shaxslar tomonidan jazoning bajarilishi qanday nazoratga olinmoqda? Bunday jazoga tortilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuviga, o‘qish va ishga joylashishiga hamda ularga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatilishiga qanday ko‘maklashilyapti?