«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 14 dekabr, №157) sonida o‘qing
Samarqand Yaponiyaning Nagoya shahri bilan hamkorlikni rivojlantiradi. Kelgusida ushbu sanoat shahri bilan turizm, tekstil, sanoat sohalarida, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti yo‘lga qo‘yiladi, ta’lim bo‘yicha almashinuv dasturlari amalga oshiriladi. Nagoya ishbilarmonlari bilan biznes-forum o‘tkaziladi. Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov bilan Nagoya shahri meri Takasi Kavamuraning uchrashuvida aytildi.
***
Bugun qaysi mahalla yoki qishloqqa bormang, parlament quyi palatasi va mahalliy kengashlarga nomzodi ko‘rsatilgan nomzodlar va ularning ishonchli vakillari tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlariga guvoh bo‘lasiz. Ushbu sonda bunday tadbirlardan ayrimlarining tafsilotlari bilan tanishasiz.
***
Samarqand - turizm shahri. Xo‘sh, sayyohlarga shaharning go‘zalligiyu tarovatini boricha namoyish qilishga tayyormizmi? Ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar saviyasi talab darajasidami? Viloyatda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasi qanday? Shaharga kelgan sayyohlarning tashrif muddatlarini uzaytirish uchun qanday sharoitlar yaratilyaptimi? Bu kabi savollarga Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir NURULLAYeV qanday javob berdi?