«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 21 dekabr, №160) sonida o‘qing

Hurmatli saylovchilar! Ertaga – 2019 yil 22 dekabr kuni Siz o‘z konstitutsiyaviy huquqingizdan foydalanib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashi deputatligiga munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berishingiz mumkin. Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda, ya’ni saylov uchastkalarida amalga oshiriladi. Bu jarayonda faol ishtirok eting.

***

Yaqin o‘tmishimizda jamiyat taraqqiyotiga xavfli to‘siq bo‘lgan byurokratiya, poraxo‘rlik, korrupsiya illatlarining avj olib ketishida iltimosning ham ma’lum o‘rni bor. Hayot davom etar ekan, kimgadir uy kerak, kimgadir mashina, yana kimga tomorqa, kimgadir sanatoriyaga yo‘llanma, kimga mebel va hokazo. Bunday ehtiyojlarning esa son-sanog‘i yo‘q. Ehtiyojtalab narsalar esa hammaga yetadigan darajada emas... Nima qilish kerak? Iltimos... iltimos qilish kerak!..

***

Paxta daromadini qanday ko‘paytirish mumkin? Ko‘pchilik iqtisodchilar, agrar soha mutaxassislari bu savol ustida ko‘p ishlagan, izlangan. Biroq amalda haligacha paxtadan olinayotgan daromad xarajatga nisbatan katta emas. Paxta maydonining asosiy qismi klaster korxonalariga biriktirilib, davlat xarid narxi 3,5 barobarga oshirilgan, jahon bozori narxlariga yaqinlashtirilgan bo‘lsa-da, foyda maqtanarli darajada ortgani yo‘q. Xo‘sh, bunga sabab nima? Daromadni keskin oshirish uchun nima qilish kerak?