«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 21 noyabr, №147) sonida o‘qing
Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqishda kimlarning xizmati katta bo‘lgan? Qaysi bo‘lim va moddalar bo‘yicha qizg‘in bahs-munozaralar kechgan? O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmagan konstitutsiya – mukammal konstitutsiyami? Davlat siyosati va tuzumi konstitutsiyaga mos bo‘lishi kerakmi yoki konstitutsiya davlat siyosatiga mos bo‘ladimi?
Ushbu sonda shu va boshqa savollarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan Alisher Mardiyevning javoblarini o‘qing.
***
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlariga saylov bo‘yicha siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davom etmoqda.
Xo‘sh, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining saylovoldi dasturida nimalar aks etgan? Ushbu partiyadan deputatlikka nomzodi qo‘yilganlarning-chi?
***
«…Mening esa turmushim bo‘lmadi, - Nigina xo‘rsindi. – Ota-onam badavlat xonadon ekan, baxtli bo‘lasan, yeganing oldingda, yemaganing ortingda, deb majburlab uzatishgandi. Hammasi sarob bo‘lib chiqdi. Erim giyohvand ekan. Ajrashdim. Baxtiqaroligim uchun ota-onamni ham ayblamayman. Baxtli bo‘lishimni orzu qilishgan. Ammo ular baxtni boylikda, allaqanday matolarda deb o‘ylashgani hayotimni barbod qildi…»