«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 21 sentyabr, №119) sonida o‘qing

«O‘zim tadbirkor bo‘lganim uchun hisoblab chiqqanman: bitta to‘yga ketayotgan sarf-xarajatning yarmiga birorta ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkin. Zamonaviy maishiy yoki servis xizmatini tashkil qilsa ham bo‘ladi».

***

Payariqdagi bog‘chalarda ahvol qanday? Ayrim bog‘chalardagi taomnoma asosida tayyorlangan ovqatlarda nega go‘sht yo‘q?

***

2019 yilda viloyatda amalga oshirilishi belgilangan investitsiya loyihalarining 2 milliard 277,2 million so‘mlik 487 tasi yo‘lga qo‘yilib, 7 ming 974 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Sohalar kesimida tahlil qilinsa, bu borada ancha ortda qolinayotgani ayon bo‘ladi. Masalan, hozirgacha sanoatda 146, xizmat ko‘rsatishda 97 va qishloq xo‘jaligida 133 ta loyiha ishga tushirilmagan. Nega?

***

Ilk “Yosh kitobxon” tanlovi respublika bosqichi g‘olibi, narpaylik Mohiniso Shomurodovaning onasi Aziza Dulanova uning bu natijaga erishishining sirini ochdi.