«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 23 noyabr, №148) sonida o‘qing
2019 yilning shu davrigacha viloyat ijtimoiy sohasida qanday ishlar bajarildi? Mavjud 1777 maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ta’mirlash bo‘yicha nima ishlar qilindi? Bog‘cha yoshdagi bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrovi qancha? Viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tegishli binolar quvvatiga nisbatan o‘quvchilar ko‘p. Bu muammoning oldini olish maqsadida nima ishlar qilindi? Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan ishlar qoniqarlimi?
***
Samarqand shahrida “Invest in Samarkand” I xalqaro investitsiya forumi va viloyat ishlab chiqaruvchilarining “Made in Samarkand” milliy ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Ushbu nufuzli tadbirni o‘tkazishdan maqsad nima? Forum va milliy ko‘rgazma Samarqand viloyati iqtisodiyotini yuksaltirishga nechog‘li xizmat qiladi?
***
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlariga saylov bo‘yicha siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davom etmoqda.
Xo‘sh, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining saylovoldi dasturida nimalar aks etgan? Partiyadan deputatlikka nomzodi qo‘yilganlarning-chi?
***
Kuz-qish mavsumida viloyatimizning tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlarida yashovchi aholini ko‘mir va maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash asosiy masala bo‘lib turibdi. Hozirda 744 mahallaning 442 mingdan ziyod xonadoni tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan. Xo‘sh, xonadonlarni ko‘mir bilan ta’minlash masalasi qanday hal etilyapti? Keltirilayotgan ko‘mir mahsulotlari barcha uchun hamyonbopmi? Uzoq va tog‘li hududlarda yashayotganlarda bu borada qiyinchilik tug‘ilmayaptimi?