«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 24 dekabr, №161) sonida o‘qing
22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlarga saylov bo‘lib o‘tdi. Xo‘sh, bu galgi saylovlar bizga nima berdi? Saylov bahona real voqelikka “ochiq” ko‘z bilan qaray boshlamadikmi? Ilgari siyosiy liderlarni yaxshi tanirmidik? Debatlar, partiyalararo tortishuvlar bo‘larmidi? Ko‘zi ojiz fuqarolar uchun brayl alifbosi asosidagi byulletenlar chiqarilgani davlatimiz rahbarining “Odamlarimizga qanaqa qulaylik kerak bo‘lsa, shuni qilamiz”, degan gapining isboti emasmi?
****
Bugungi kunda viloyatda investitsiya jalb etish yuzasidan qaysi davlatlar bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan? 2019 yilda viloyatimizga qancha sarmoya jalb etish rejalashtirilgan edi? Hozirgacha qanday natijalarga erishildi? Xorijiy davlatlarga tashriflar natijasida viloyatga investitsiya jalb etish va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralarda qanday kelishuvlarga erishildi? 2020 yilda chet el kapitalini jalb etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qanday loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan? Viloyat hokimining o‘rinbosari Oybek Xodjayev muxbirimizning shu kabi savollariga batafsil javob berdi.
***
Kattaqo‘rg‘onlik Meli Jumayevning «Majburiy ijro byurosining asosiy vazifalaridan biri elektr, gaz uzatish va taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlashdan iborat bo‘lsa-da, ular o‘z vazifalarini suiiste’mol qilib, ko‘plab fuqarolarning haqli e’tirozlariga sababchi bo‘lmoqdalar», deya yozgan shikoyat xatiga boshqarma mas’ullari javob berdi. Bu haqda gazetamizning «Majburiy ijro byurosining g‘ayriqonuniy harakatlariga kim chek qo‘yadi?» sarlavhali maqolasida tanishing.