«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 26 noyabr, №149) sonida o‘qing
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov viloyatning chekka hududlarida bo‘lib, u yerdagi odamlarning kayfiyati, yashash tarzi bilan qiziqmoqda. Ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish, turmushining farovon bo‘lishi uchun zarur choralarni belgilamoqda. Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Nurobod tumanining Tim qishlog‘i aholisi bilan o‘tkazildi. Tuman markazidan ancha olis, e’tibordan chetda qolgan hududda o‘ziga yarasha muammolar to‘planib qolgan. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, qishloq yo‘llari ta’mirlanadigan, hududga transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladigan, ichimlik suv muammosi hal etiladigan bo‘ldi.
***
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlariga saylov bo‘yicha siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davom etmoqda.
Xo‘sh, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturida nimalar aks etgan? Partiyadan deputatlikka nomzodi qo‘yilganlarning-chi?
***
To‘y qilib birovni chorlash – bu mehr-oqibat ko‘rinishlaridan biri, xursandchilikni do‘stlar bilan baham ko‘rish. Ammo har narsada me’yor bo‘lishi kerak. Dasturxon to‘la yeguliklarning hammasini yeya olmaymiz-ku?! Bunda kuzatilayotgan isrofgarchilikka qachon barham beramiz?
Rosti, bu muammo yangilik emas, anchadan buyon muhokama qilinmoqda. Bu orada zaruriy dadil qadam qo‘yilganini ham e’tirof etish lozim: tegishli qarorlar chiqdi, ko‘rsatmalar berilmoqda. Gap kelayotgan yangi yildan boshlab bu boradagi isharni dadil amalga oshirishda.