«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 10 mart №32) sonida o‘qing
Gazetamizning shu yil 27 fevral, 26-sonida “Xotira maydonlari xotiradan ko‘tarilganmi?” sarlavhali tanqidiy maqola berilgan edi. Unda viloyatimizning Ishtixon, Oqdaryo, Bulung‘ur, Toyloq va Samarqand tumanlaridagi Xotira maydonlari holati, ulardagi mavjud kamchiliklar, ba’zilarining ta’mirtalabligi qalamga olingan edi. Xo‘sh, bu kamchiliklar bartaraf etildimi? Bu haqda gazetaning ushbu sonida bosilgan “Xotira maydonlariga e’tibor qaratildi” maqolasi orqali bilish mumkin.
***
Kambag‘allik nima? Faqirlik-chi? Oramizda kambag‘allar ko‘p. Ammo boqimandalar-chi? Kambag‘alning qo‘liga qachon qarmoq beramiz. Balki qanday qilib baliq ovlashning yo‘lni bilmas. Yo‘lni bilmaganga o‘rgatsa bo‘lar, ammo istamasachi?! Xulosa qanday bo‘ladi? Umuman, kambag‘allikni kamaytirishning qanday usullari bor? Dangasalarning qo‘liga qarmoq berish ularni mehnat qilishga da’vat etish kerak emasmi? Balki bu tizimlilik doirasida yosh avlodga halollikni, mehnatsevarlikni bolalikdan chuqur singdirish shartdir?
***
To‘y va ma’rakalarni tartibga solish bo‘yicha qaror qabul qilingani va jiddiy harakatlar boshlanganiga guvoh bo‘lyapmiz. Aslida to‘y va ma’rakalarning kamchiqim o‘tkazilishini ta’minlashga kirishishdan asosiy maqsad dabdababozliklarning oldini olish, aholining to‘y qilishi uchungina chetga chiqib, oilasidan uzoqda yashashi kabi holatlarga chek qo‘yishdan iborat edi. Endilikda haqiqatan ham to‘ylar 200-250 kishi bilan o‘tmoqda. Nizom asosida to‘ylarni tartibga solish ishlari amalga oshirilayotganiga ham guvoh bo‘lmoqdamiz. Bu yaxshi. Lekin restoranlarda narx ko‘tarilib ketganini qanday izohlash mumkin?