«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 28 yanvar, №12) sonida o‘qing
Prezidentimizning parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasi bugungi va ertangi hayot dasturi. Yangi O‘zbekistonni qurish yo‘lidagi “yo‘l xaritasi” deb baholanayotgan Murojaatnoma hokimlar, korxona-tashkilot rahbarlari, olim-u mutaxassislar, oddiy fuqarolar ongida nimalarni o‘zgartirdi? Ular ushbu dasturni hayotga tatbiq etish uchun qanday ishlar olib borishni maqsad qilishdi?
***
Keyingi uch-to‘rt oyda un va nonning narxi ancha ko‘tarildi. Xo‘sh, nega non birdaniga salkam ikki barobarga qimmatlashib ketdi? Narxning oshib ketishiga asl sabab nima? To‘g‘ri, Vazirlar Mahkamasining qarori asosida non narxlari ustidan davlat nazorati to‘xtatildi. Natijada qolipli non ishlab chiqaruvchilar mahsulotini talab va taklif asosida shakllantiriladigan erkin bozor narxida sotadigan bo‘ldi. Nima, erkin narx belgilangani non narxining ikki barobarga oshishiga sabab bo‘ldimi?
***
Har kuni tahririyatga ikki-uch nafar o‘qituvchi gazetaga maqola berish uchun keladi. Ayrimlari nimalarnidir qoralab kelgan bo‘lsa, boshqalari qaysi mavzuda maqola yozishni maslahat so‘raydi. Birovlari internet saytdan yoki kitobdan ko‘chirib ham keladi. Xo‘sh, o‘qituvchiga maqola yozish nega kerak? Avvaliga men ham o‘qituvchilarning “Maqola chiqarishim kerak ekan”, deganiga tushunmadim. Bilsam, o‘qituvchi dars soatidan tashqari ustama puli olish uchun gazetada maqolasi chiqqan bo‘lishi kerak ekan…