«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 30 yanvar, №13) sonida o‘qing
MDH mintaqasida Islom Karimov tajribali, uzoqni ko‘ra biladigan va pragmatik siyosatdon sifatida ulkan obro‘ qozongan edilar. O‘zaro suhbatlarda u kishini “siyosatning metin qoyasi” deb ta’riflashar, birinchi galda o‘z nuqtai nazarini himoya qilishdagi sabotu qat’iyati bois hurmat qilishar edi. Islom Abdug‘aniyevichch dunyoda ro‘y berayotgan hodisalar yuzasidan hech qachon populistik bayonotlar bermagan, siyosiy o‘yin qilmagan. Boshqalarga yoqadimi, yo‘qmi – bundan qat’i nazar, hamisha, eng avvalo, O‘zbekiston manfaatlaridan kelib chiqib o‘z fikrlarini bildirgan...
***
Uzoq yildan so‘nggi iqror: yurtimizda kambag‘al aholi bor. Nafaqat bor, balki mamlakatimizda 4-5 million aholi kam ta’minlangan hisoblanadi. Shuning uchun 2020 yilda O‘zbekistonda Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi. Xo‘sh, bizda inson taraqqiyoti indeksi qanday? 2019 yilgi reytingda O‘zbekiston nechanchi o‘rindan joy oldi? Kambag‘allikni yengish uchun nima qilish, qanday tadbirlar, loyihalar ishlab chiqish kerak? Bular qancha vaqtda o‘z samarasini beradi?
***
- Bo‘yim 170 santimetr bo‘lsa, ayb mendami? Bu darslardan qolish degani emas-ku?
- Bo‘yim, tashqi ko‘rinishim barcha talablarga mos kelar ekan. Birinchi kursdan buyon aksariyat tadbirlarga, mehmonlarni kutib olish marosimlariga chaqirishadi. To‘g‘ri, agar bir-ikki bor bo‘lsa, malol kelmaydi. Ammo bu hol tez-tez takrorlansa, darslardan qolamiz-da.
Bu – talabalarning gapi. Xo‘sh, mehmonlarni kutib olish uchun madaniyat bo‘limlarida ishlaydigan qizlar yo‘qmi? Ular uchun to‘rt faslga mos kiyimlar-chi?