Zarbdor tumanida tug‘ilgan uch egizakka Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlari qo‘yildi
- 04.06.2019 11:50
- 297
- O‘zbekiston

Jizzax viloyati Zarbdor tumani «Mustaqillik» mahallasida yashovchi Abdusamat Asqarov oilasida bir yo‘la uch o‘g‘il chaqaloq dunyoga keldi, deb xabar berdi Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Uch egizak chaqaloqqa ota-ona yaxshi niyatlar bilan Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlarini qo‘ydi.
“Chaqaloqlar sog‘lom va tetik. Vazn va bo‘y me’yorda o‘smoqda. Chaqaloqlar ham, ularning onasi ham doimiy tibbiy nazoratda”, deydi hamshira Qunduz Azimova.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Siz korrupsiyaga qarshi qanday kurashyapsiz?
- 3 soat avval
- Jamiyat