«Zita va Gita» filmi yulduzi Dxarmendra Deol 89 yoshida vafot etdi
Hind kinosanoatining jonli afsonasi, millionlab tomoshabinlar muhabbatiga sazovor bo‘lgan aktyor Dxarmendra Deol 89 yoshida olamdan o‘tdi.
U so‘nggi kunlarda Mumbaydagi shifoxonada davolanayotgan edi.
Dxarmendra Hindiston kinematografiyasining eng yorqin va sermahsul yulduzlaridan biri sifatida tanilgan. U 300 dan ortiq filmda rol ijro etgan. «Zita va Gita», «Gul va tosh», «Sholey», «Qasos va qonun», «Do‘stlik», «Samrat», «Xotiralar paradi» kabi o‘nlab filmlar uni xalq orasida beqiyos darajada mashhur qilgan.
Aktyorning ijodi bir necha nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan.