Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston 8 oyda 5,8 milliard dollarlik oltin eksport qildi

O‘zbekiston 8 oyda qiymati 5,8 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan oltin sotdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,2 foizni tashkil etib, 1,8 milliard AQSh dollariga ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Oltin eksporti jami eksport ulushining 50 foizni tashkil etoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 8 oy mobaynida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 24,5 milliard AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 milliard AQSh dollariga kamaygan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport 11,6 milliard AQSh dollari, import hamji 12,9 milliard AQSh dollariga teng bo‘lib, tashqi savdo aylanmasi saldosi -1,3 milliard AQSh dollarini tashkil etgan.