Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2019/2020 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi tanlovining samarqandlik g‘oliblari

Tilavova Yulduz Muhammadshukur qizi

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot ta’lim yo‘nalishi (bakalavr) bo‘yicha olgan.

1996 yil 16 mart kuni Samarqand shahrida tug‘ilgan. Samarqand davlat tibbiyot instituti davolash fakultetining 6-bosqich talabasi. 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Hammualliflikda «Sindrom mexanicheskiy jeltuxi. Xolangit» mavzuidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr etgan. Moskva shahrida o‘tkazilgan “Tibbiyot bahori - 2016” konferensiyasi ishtirokchisi. “Xirurgik kasalliklar va ularni davolash” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Oripov Hasan Abdivahobovich

Pedagogika mutaxassisliklari bo‘yicha (magistratura) olgan.

1993 yil 18 oktyabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetining ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi mutaxassisligi 2-bosqich magistranti.

2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomidagi davlat stipendiyasini qo‘lga kiritgan.

20 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. Hozirgi kunda «Ijtimoiy tarmoqlarda global inqirozlarning chuqurlashuv tendensiyalari va shaxs informatsion madaniyatiga ta’siri» mavzuida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.