Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

21 yoshli qiz o‘g‘rilikda ayblanib, qo‘lga olindi

2020 yil 12 fevraldan 13 fevralga o‘tar kechasi soat 03:00 da 21 yoshli S.X. (ayol) o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Buxoro tumani Udo‘gri mahallasida joylashgan 35 yoshli G.K.ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonadan 1.900.000 so‘m va 2.600 AQSh dollarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiligan.

Tergov harakatlari jarayonida S.X. IIB binosiga olib kelingan va uning yonidan ashyoviy dallilar sifatida 900 AQSh dollari va 2.260.000 so‘m pullar rasmiylashtirilib olingan. S.X. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.