Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

50 yil tutqunlikda yashagan filni ozod qilishganida, u yig‘lab yubordi

Londondagi Wildlife SOS tashkilotining zoohimoyachilari Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida Raju laqabli filni 50 yil qiynoqdan so‘ng ozod qilishga erishishdi

Filning egasi uni urib, tilanchilik qilishga majbur qilgan, hech qachon yem bermagan. Fil turli xil chiqindilar bilan oziqlangan. Filni 50 yil davomida 24 soat zanjirband holda ushlashgan.

Zoohimoyachilar filni qutqarish uchun uning egasi bilan 1 yil davomida sudlashishdi. Uning egasida hattoki, filning hujjatlari ham yo‘q edi. 

Raju odamlar qo‘liga bolaligida tushgan. Fil bolasini tortib olish uchun odatda uning onasini o‘ldirishadi. So‘ng esa filchalar odamga bo‘ysunmaguncha, ularni boylab, ayovsiz kaltaklashadi. Hayoti davomida Raju 27 ta odamning qo‘lida bo‘lgan. Bunday sharoitda uning 50 yil yashagani mo‘’jiza.

Zoohimoyachilar sudda yutib chiqib, filni xavfsiz joyga olib chiqishgan. Uni yuvintirib, ovqatlantirishgan, oyog‘idan zanjirlarni yechishganda esa fil yig‘lab yuborgan.

Endi yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborilgunga qadar, filning sog‘lig‘ini tiklash va ruhiy reabilitatsiyadan o‘tishi, insonlardan ham mehr kutish mumkinligiga u ishonishi lozim.

Zoohimoyachilar filni hayotga qaytarish uchun pul yig‘ishni boshlashgan.