Samarqand viloyatining 65,7 foiz aholisi markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan

Viloyat “Suvoqava” DUK tomonidan 55,6 foiz aholiga toza ichimlik suvi yetkazib beriladi. Qolganlar kachalka, buloq, soy, ariq va maxsus transport vositalari orqali ichimlik suvi bilan ta’minlangan.
Viloyat “Suvoqava” DUK direktori Komil Yusupovning bildirishicha, shahar va tumanlarda mavjud 1024 ta suv inshootlarining 469 tasi, uzunligi 3830 kilometr suv tarmoqlarining 887 kilometri ta’mirtalab holatda.

Ayni paytgacha 48 ta suv quduqlariga yangi “ESV” nasos o‘rnatilib, 82 tasi ta’mirlangan, 12 kilometr yangi suv tarmog‘i tortilgan.
2019/2020 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ichimlik suvi tarmoqlarining 28,25 kilometr qismi mukammal va 23,45 kilometr qismi joriy ta’mirlangan. Shuningdek, rejadan tashqari 7,1 kilometr oqava tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari bajarilgan.

Yoqub GADOYEV.