Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Abdulla Aripov bugun Tojikiston bosh vaziri bilan uchrashadi

Bugun, 2019 yil 3 aprel kuni Termiz shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi bosh vaziri Qohir Rasulzoda uchrashadilar. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda ikki mamlakat Hukumati delegatsiyalari tomonidan Hukumatlararo komissiyaning 5-yig‘ilishi davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy natijalari sarhisob qilinadi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, madaniy-gumanitar hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.