Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Adolat” SDP viloyat Kengashining faoliyat rejasi qanday?

Partiya viloyat Kengashi hamda mahalliy Kengash deputatlarining 2020 yilda amalga oshiradigan ishlari va ustuvor vazifalari muhokama etilgan tadbirda deputatlik guruhi rahbarlari saylanib, deputatlarga uslubiy ko‘rsatmalar berildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi “Adolat – har bir inson uchun”, degan ezgu g‘oya bilan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asosidagi huquqiy demokratik davlat, adolat tamoyillari ta’minlanadigan fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidan boradi.

Partiyaning hurmati, obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirish maqsadida barcha darajadagi partiya Kengashlarining e’tibori ishlab chiqarish jamoalari va aholining yashash joyiga ko‘ra partiya ta’sirini kengaytirish, partiya elektorati manfaatlariga doir masalalarni aniqlash va hal etishda partiya tuzilmalarining deputatlik guruhlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlashga jiddiy yondashadi.

Bugungi kunda partiya ko‘rsatgan nomzodlardan 3 nafari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, 11 nafari xalq deputatlari viloyat Kengashi, 79 nafari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga saylangan. Ularning 46 nafarini xotin-qizlar, 44 nafarini erkaklar tashkil etadi.

Yig‘ilishda 27-O‘rtaqishloq saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga saylangan, Samarqand shahridagi 1-bolalar shifoxonasi bosh shifokori Tozagul Xoliqova partiya deputatlik guruhi rahbarligiga saylandi.

Shuningdek, tadbir davomida deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish, 20 dan ortiq partiyaviy loyihalarning amalda ijrosini ta’minlash maqsadida sohalar bo‘yicha sektorlar ish olib borishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Lola SAIDOVA,

partiya viloyat Kengashi axborot xizmati rahbari.