Partiyalar imzo yig‘ishga kirishdi
"Adolat" SDP viloyat bo‘limi bu ishda alohida mas’uliyat bilan yondashmoqda
Qonunchilikka ko‘ra, joriy yilning 9 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiligiga bo‘lib o‘tadigan saylov oldidan siyosiy partiyalar o‘z nomzodlarini qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalarini to‘ldirishi lozim.
Shu sabab ayni kunlarda joylarda partiyalarning saylovlarda ishtirokini ta’minlashni qo‘llab-quvvatlovchi imzolar to‘plash jarayoni qizg‘in tus olgan. “Adolat” SDP viloyat Kengashi ham ushbu jarayonga alohida ma’suliyat bilan yondashmoqda.
Viloyat miqyosida 23 ming nafarga yaqin saylovchining imzosini to‘plashimiz kerak. Ayni paytda barcha tuman va shaharlarda bu ish tizimli yo‘lga yo‘lga qo‘yilgan. Faol, tashabbuskor partiyamiz a’zolari kuchiga tayanib, partiyaning Ayollar va yoshlar qanoti, boshlang‘ich partiya tashkilotlari asosiy kuch ekanligiga guvoh bo‘lyapmiz.
Partiyamiz a’zolari va faollariga imzo varaqalarini to‘ldirish tartibi va bu borada qat’iy amal qilinishi lozim bo‘lgan jihatlar, to‘g‘ri hamda aniq to‘ldirilishi bo‘yicha tushuncha va ko‘rsatmalar berilgan.
Jarayonni samarali tashkil etish maqsadida partiya faollari, deputatlardan iborat ishchi guruhlar shakllantirilgan. Bugun viloyat miqyosida 32 foizdan yuqori ovoz to‘plashga erishdik. Jarayon davom etmoqda.
Lola Sayidova,
“Adolat” SDP viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari.