Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Afg‘oniston janubida portlash sodir bo‘ldi

Bugun, 19 sentyabrda Afg‘oniston janubidagi Zabul viloyatining Kalat shahri xavfsizlik boshqarmasi binosi yonida portlash sodir etildi. Avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi moddaning portlatilishi oqibatida 7 nafar odam halok bo‘ldi, 85 kishi jarohatlandi. Bu haqda Tolo News telekanali shahar rahbari Ramatullax Yarmala bergan ma’lumotga tayanib xabar berdi.

Ushbu portlashni qaysi jinoiy guruh sodir etgani hozircha noma’lum.

Hujum “Tolibon” guruhining sentyabr oxirida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarini buzishga va’da berganidan so‘ng ikki kun o‘tib sodir etildi. Ushbu Portlashdan oldin mamlakat poytaxti Qobul va Parvan viloyatida ham portlashlar uyushtirildi. Oqibatda 48 kishi qurbon bo‘ldi va 80 nafar odam jabrlandi.