Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Amerikalik mashhur fleyta ijrochisi Viviana Guzman Samarqandga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi taklifiga binoan yurtimizda bo‘lib turgan Amerika qo‘shma shtatlarining mashhur fleyta va puflama cholg‘ular ijrochisi Viviana Guzman xonim Samarqand shahriga keldi.

Viviana Guzman O‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda san’at sohasida tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mehmon fleyta va puflama cholg‘ular chalish mahorati bo‘yicha Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilar uchun mahorat darsi o‘tdi.

- Dunyoning 128 ta davlatida bo‘lib, u yerdagi san’at, madaniyat bilan tanishdim, tajriba almashdim, - deydi Viviana Guzman xonim. – Ammo O‘zbekiston, ayniqsa, Samarqandning milliy qo‘shiq va raqslari, ohanglari meni o‘ziga rom etdi. San’atsevar yoshlarga fleyta va puflama cholg‘u asboblarini chalish sirlarini o‘rgatishim barobarida, o‘zim ham o‘zbek yosh sozandalaridan ayrim milliy musiqa asarlarini chalishni o‘rgandim.