Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Andijonda bo‘sh vagonlar temir yo‘l izidan chiqib ketgan

Bugun, 12 dekabr kuni soat 07:30 larda Qozog‘iston Respublikasidan 13 ta yarim ochiq vagonlarda “OOOTA Minirals” MChJ nomiga ko‘mir maxsulotlari keltirilgan.

Paytug‘ temir yo‘l bekatining 7-yo‘liga qo‘yilgan va ko‘mir mahsulotlari tushirib bo‘lingandan keyin vagonlarning g‘ildiraklarining tagiga temir yo‘l bashmaklari mahkamlanmaganligi sababli hamda ushbu yarim ochiq bo‘sh vagonlarning past tomonga harakatlanib ketishi oqibatida 63080675-sonli yarim ochiq bo‘sh vagon temir yo‘lning chap tomonidagi ariqqa tushib ketgan va 60745015-sonli yarim ochiq bo‘sh vagonning oldi g‘ildiraklari temir yo‘l izidan chiqib ketgan.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, hodisada tan jarohati olganlar yo‘q.

Xozirda qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.