Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQShda koronavirusdan vafot etganlarning biri samarqandlik xonanda

Bugun, Tashqi ishlar vazirligi bergan ma’lumotga tayanib, AQShning Nyu-York shahrida uch nafar o‘zbekistonlik koronavirus infeksiyasidan vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Ulardan biri Qo‘shma Shtatlarda ko‘p yillardan buyon istiqomat qilib kelayotgan xonanda Rustam Hojimuhamedov, "Qurbon o‘lam" qo‘shig‘ini ilk aytgan bobomiz Hoji Abdulaziz Abdurasulovdan keyin eng yuksak ovozda aytgan qo‘shiqchi, deb yozmoqda jurnalist Karim Bahriyev Facebookdagi sahifasida.

Asli samarqandlik xonanda Rustam Hojimuhamedov 51 yoshda bo‘lgan.